QIPCHOQ LAHJASIDAGI FE’LLARDA UNLI VA UNDOSHLAR BILAN BOG‘LIQ HODISALAR

Authors

  • Nurmatova Surayyo Turon xalqaro maktabi o’qituvchisi

Keywords:

qipchoq lahjasi, sheva, fe’l, undosh tovush, fonetik hodisa, undosh almashinuvi, tovush tushishi, tovush ortishi, assimilatsiya, jaranglashish, jarangsizlashish

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilining qipchoq lahjasiga mansub shevalarda fe’l turkumining fonetik-morfologik xususiyatlari, xususan, fe’l shakllarida unli va undosh tovushlar bilan bog‘liq fonetik hodisalar tahlil qilinadi. Qipchoq lahjasida fe’l negizlari va ularga qo‘shiladigan grammatik shakl yasovchi affikslar tarkibida undosh tovushlarning almashinuvi, tushishi, ortishi, assimilyatsiyasi, dissimilyatsiyasi, jaranglashishi va jarangsizlashishi kabi hodisalar kuzatilishi mumkin. Mazkur jarayonlar, bir tomondan, lahjaning fonetik tizimiga xos xususiyatlarni namoyon etsa, ikkinchi tomondan, fe’l shakllarining morfologik tuzilishiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada unli va undosh bilan bog‘liq hodisalarning yuzaga kelish sabablari, ularning fonetik va morfologik tabiati hamda adabiy til shakllari bilan munosabati haqida fikr yuritiladi.

References

Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi.

G‘ulomov A.G‘. O‘zbek tili grammatikasi. – Toshkent.

Ashirboyev S. O’zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2016.

Abdurahmonov Sh. O‘zbek xalq shevalari. – Toshkent.

Jo‘raev U. O‘zbek dialektologiyasi masalalari. – Toshkent.

Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent.

Downloads

Published

2026-10-03

How to Cite

Nurmatova Surayyo. (2026). QIPCHOQ LAHJASIDAGI FE’LLARDA UNLI VA UNDOSHLAR BILAN BOG‘LIQ HODISALAR. IQRO , 24(01), 175–177. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/9325