KAMBAG‘ALLIKNI ANIQLASHDA KO‘P O‘LCHOVLI INDIKATORLAR TIZIMI: O‘ZBEKISTONDA YANGI YONDASHUVLARNING ILMIY-METODIK ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI

Authors

  • Ismailov Isomiddin Saidobbosovich Kambagʼallik koʼrsatkichlarini ilmiy aniqlash, tarkibi va dinamikasini taxlil qilish boshqarmasi bosh ilmiy xodim

Keywords:

kambag‘allik, ko‘p o‘lchovli kambag‘allik, kambag‘allikni baholash, indikatorlar tizimi, kambag‘allik indeksi, daromad, bandlik, ijtimoiy himoya, ijtimoiy reyestr.

Abstract

Mazkur maqolada kambag‘allikni aniqlashning zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlari, xususan, kambag‘allikni faqat aholining daromadlari asosida emas, balki bir nechta o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy va demografik indikatorlar majmuasi orqali baholash masalalari tadqiq etilgan. Kambag‘allikning ko‘p o‘lchovli tabiati, uning tarkibiy qismlari va aholining turli ijtimoiy guruhlarida namoyon bo‘lish xususiyatlari tahlil qilingan.

O‘zbekiston sharoitida ishlab chiqilgan ko‘p o‘lchovli kambag‘allikning pilot modeli, uning asosiy yo‘nalishlari va indikatorlari tahlil qilingan. Shuningdek, mamlakatda kambag‘allik darajasining so‘nggi yillardagi o‘zgarishi bilan bir qatorda kambag‘allikning ichki tarkibini, unga ta’sir etuvchi ijtimoiy-demografik omillarni hamda kambag‘allikka tushish xavfi yuqori bo‘lgan aholi guruhlarini aniqlash zarurati asoslangan.

2026-yil 3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ehtiyojmand aholini aniqlashda daromad bilan bir qatorda surunkali kasallik, nogironlik, ko‘p bolalilik va oila a’zosining xorijda mehnat qilishi kabi omillarni hisobga oluvchi ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tish bo‘yicha belgilangan vazifalar mazkur tadqiqotning amaliy dolzarbligini yanada oshiradi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2025). Kambag‘allik darajasi — SIAT. Rasmiy statistik ma’lumotlar bazasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025-yil 17-sentabr). 2030-yilga borib, O‘zbekistonda mutlaq kambag‘allikka to‘liq barham berish imkoniyati bor. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” III xalqaro forumining ochilish marosimidagi nutq. Prezidentning rasmiy veb-sayti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025-yil 17-sentabr). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Kambag‘allikdan farovonlik sari” mavzusidagi III xalqaro forumning ochilish marosimida so‘zlagan nutqi. Prezidentning rasmiy veb-sayti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2025-yil 19-noyabr). Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Prezidentning rasmiy veb-sayti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2026-yil 3-sentabr). Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

United Nations Development Programme Uzbekistan. (2024). Infographics: Key Figures on Uzbekistan Pilot Multidimensional Poverty Index 2023. Mazkur material O‘zbekistonda kambag‘allikni bandlik, sog‘liq, ijtimoiy kapital, asosiy infratuzilma, yashash sharoitlari va moliyaviy inklyuziya kabi bir nechta yo‘nalishlar orqali baholashga qaratilgan.

Downloads

Published

2026-09-10

How to Cite

Ismailov Isomiddin Saidobbosovich. (2026). KAMBAG‘ALLIKNI ANIQLASHDA KO‘P O‘LCHOVLI INDIKATORLAR TIZIMI: O‘ZBEKISTONDA YANGI YONDASHUVLARNING ILMIY-METODIK ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATI. IQRO , 23(02), 54–61. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/9022