2026-YILDAN O‘ZBEKISTONDA NAQDSIZ HISOB-KITOBLAR TIZIMINING KENGAYTIRILISHI: FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN HUQUQIY HAMDA AMALIY JIHATLAR

Authors

  • Shohboz Murodullayev Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi sho‘basi o‘qituvchisi

Keywords:

naqdsiz hisob-kitoblar, elektron to‘lovlar, PF-246-son Farmon, yashirin iqtisodiyot, soliq shaffofligi, QR-kodli to‘lovlar, kommunal to‘lovlar, davlat xizmatlari, tadbirkorlik faoliyati, raqamlash.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-dekabrdagi PF-246-son Farmoni asosida 2026-yildan boshlab joriy etiladigan naqdsiz hisob-kitoblar tizimining yangi tartiblari tahlil qilingan. Xususan, davlat xizmatlari, kommunal to‘lovlar, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, yirik xaridlar, ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisida naqdsiz to‘lovlarning majburiy joriy etilishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mazkur islohotlarning fuqarolar va tadbirkorlar faoliyatiga ko‘rsatadigan ijobiy hamda salbiy ta’sirlari, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil etilgan. Muallif tomonidan naqdsiz to‘lov tizimining yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, soliq shaffofligini ta’minlash va iqtisodiy munosabatlarda huquqiy tartib-intizomni mustahkamlashdagi ahamiyati yoritilgan.

Downloads

Published

2026-06-09

How to Cite

Shohboz Murodullayev. (2026). 2026-YILDAN O‘ZBEKISTONDA NAQDSIZ HISOB-KITOBLAR TIZIMINING KENGAYTIRILISHI: FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR UCHUN HUQUQIY HAMDA AMALIY JIHATLAR. IQRO , 22(01), 1934–1936. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/8523