DORIVOR O‘SIMLIKLAR ENDOFIT ZAMBURUG‘LARINING IKKILAMCHI METABOLITLARI VA ULARNING CANDIDA ALBICANSGA QARSHI ANTIFUNGAL XUSUSIYATLARI
Keywords:
endofit zamburug‘lar, dorivor o‘simliklar, ikkilamchi metabolitlar, antifungal faollik, Candida albicans, biofaol birikmalar.Abstract
So‘nggi yillarda opportunistik zamburug‘ infeksiyalarining keng tarqalishi va antifungal preparatlarga nisbatan rezistentlikning ortishi global tibbiyot muammolaridan biriga aylangan. Ayniqsa, Candida albicans qo‘zg‘atuvchi sifatida klinik amaliyotda tez-tez uchrab, immuniteti pasaygan bemorlarda og‘ir invaziv infeksiyalarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababli yangi, samarali va kam toksik antifungal moddalarga ehtiyoj ortib bormoqda. Dorivor o‘simliklar bilan simbiozda yashovchi endofit zamburug‘lar biologik faol ikkilamchi metabolitlarning istiqbolli manbai hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda dorivor o‘simliklardan ajratib olingan endofit zamburug‘larning ikkilamchi metabolitlari, ularning kimyoviy tabiati va Candida albicans ga qarshi antifungal xususiyatlari tizimli tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, endofit zamburug‘lar tomonidan sintez qilinadigan terpenoidlar, alkaloidlar, flavonoidlar va poliketidlar yuqori antifungal faollikka ega bo‘lib, ular hujayra membranasi va devoriga ta’sir etish orqali patogenning hayotiy faoliyatini izdan chiqaradi. Tadqiqot natijalari dorivor o‘simlik endofitlari yangi antifungal preparatlar ishlab chiqishda muhim biotexnologik manba ekanligini asoslab beradi.
References
Eksport salohiyati yuqori bo‘lgan dorivor va ziravor o‘simlik – kavrakni yetishtirish https://science-research.org.uz/index.php/mk/article/download/510/613/1016
Mikrobiologiya immunologiya virusologiya Toshkent «Yangi asr avlodi»- 2006. https://yangiasr.uz/files/books/2025-01-24-11-46-33_3b372a3b628fcb7155e46525bb9d4a12.pdf
O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi - Alimova Ra'no Abbasovna . https://dilib.agrolibrary.uz/resources/01FFJ28Z9RSFP3A8VKG92ZKY9P/pdf
Biofaol moddalar kimyosi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari - Buxoro – 2021 H.T. Avezov Z.A.Sulaymonova https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13243_1_EBCA61E01E681418EF3A9F1C4E81C2707CFF067A.pdf
Mikologiya, Algologiya - Jizzax «Sangzor» nashriyoti - 2014. Sharofiddin Jamolovich Tojiboyev, Nasiba Haydarovna Qarshiboyeva https://lib.jdpu.uz/storage/uploads/files/Mikologiya,%20algologiya.Tojibov%20Sharofiddin.%20.pdf
O’zbekistonning dorivor o’simliklari - Namangan – 2023. O.T.Abdiyeva. https://turan-edu.uz/media/books/2024/11/07/NamDU-ARM-11649-Ozbekistonning_dorivor_osimliklari.pdf
Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari “ILM ZIYO” Toshkent – 2014. https://yangiasr.uz/files/books/2025-01-23-11-52-41_ca3550ba836d6a295abfd6884f514e53.pdf
O‘zbekistonda mikrobiologiya va mikrob biotexnologiyasining o‘rni va uni yanada rivojlantirish istiqbollari. Respublika ilmiy anjumani tezislar to‘plami. Toshkent – 2021 yil. https://uniwork.buxdu.uz/resurs/13392_1_27218C8655CDA589DAA1D9ADF435745E29A7CCB2.pdf
Farmakognoziya darslik. Toshkent – 2023. Z. I. Sanoyev va b. https://aps.uzicps.uz/storage/users/135/books/hhWZL2jifricBTiGz9ALF6WU6VXwj7sXdc9EdFh1.pdf
Downloads
Published
How to Cite
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Articles published in IQRO — Scientific Methodological Journal are licensed under the Creative Commons Attribution 4.0 International License (CC BY 4.0).
Authors retain copyright and grant the journal the right of first publication.
Users may read, download, copy, distribute, print, search, or link to the full texts of articles, provided that the original authors and the journal are properly cited.
Published materials may be used, distributed, and reproduced in any medium, provided that the original work is properly cited.



Uzbekistan
Türkiye
Kazakhstan
Kyrgyzstan
Turkmenistan
Azerbaijan
India
Republic of Korea
Japan
United States of America
Kosovo