TAʼMINOT ZANJIRINI STRATEGIK REJALASHTIRISHNI AHAMIYATI
Keywords:
ta’minot zanjiri, strategik rejalashtirish, ta’minot zanjiri boshqaruvi, talabni prognozlash, resurslarni rejalashtirish, zaxiralarni boshqarish, logistika, raqobatbardoshlik.Abstract
Ushbu maqolada ta’minot zanjirini strategik rejalashtirishning korxona faoliyati hamda milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ta’minot zanjirining asosiy bosqichlari — talabni prognozlash, resurslarni rejalashtirish, zaxiralarni boshqarish va yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik jarayonlari yoritib berilgan. Strategik yondashuvning ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlash va xarajatlarni optimallashtirishdagi roli asoslab ko‘rsatilgan. Shuningdek, sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar hamda amaliy mexanizmlar tahlil etilgan. Jadval va tahliliy ma’lumotlar asosida strategik rejalashtirishning mahsulot tannarxini kamaytirish, yetkazib berish samaradorligini oshirish va risklarni boshqarishdagi o‘rni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari ta’minot zanjirini puxta rejalashtirish iqtisodiy barqarorlik va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-sonli “Transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni. https://lex.uz/uz/docs/-7342148.
Vohidov A.X. Logistika va transport tizimlari. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2019.
Mustafakulov Sh.I. Milliy iqtisodiyotda logistika infratuzilmasini rivojlantirish. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
Bowersox D.J., Closs D.J., Cooper M.B. Supply Chain Logistics Management. – New York: McGraw-Hill, 2019.
Christopher M. Logistics and Supply Chain Management. – London: Pearson Education, 2016.
Murphy P.R., Knemeyer A.M. Contemporary Logistics. – Boston: Pearson, 2018.




