METABOLIK SINDROMDA MITOXONDRIAL DISFUNKTSIYA: ENERGIYA ALMASHINUVI BUZILISHINING MOLEKULYAR MEXANIZMLARI
Keywords:
mitoxondriya, ATP, β-oksidlanish, ROS, AMPK, insulin rezistentligi, energiya tanqisligi.Abstract
Metabolik sindrom — semizlik, insulin rezistentligi, arterial gipertenziya va dislipidemiya bilan tavsiflanadigan kompleks metabolik buzilishlar majmuasi bo‘lib, uning markaziy patogenetik omillaridan biri mitoxondrial disfunktsiya hisoblanadi. Mitoxondriya energiya almashinuvi, oksidlovchi fosforlanish va metabolik signalizatsiyani boshqaradi. Metabolik sindromda ATP sintezi kamayadi, yog‘ kislotalarining β-oksidlanishi buziladi, reaktiv kislorod turlari ortadi, AMPK signal yo‘li susayadi va hujayra “energy starvation” holatiga o‘tadi. Ushbu maqolada metabolik sindromda energiya yetishmovchiligining molekulyar mexanizmlari tahlil qilindi.




