EKSPERT XULOSASINING DALIL MANBAI SIFATIDAGI TUZILISHI, MAZMUNI VA UNI BAHOLASH

Authors

  • Eshmuratov Sherali Baxitovich Yakkasaroy tumani IIO FMB EKB katta eksperti

Keywords:

sud-ekspertlik faoliyati, sud eksperti, ekspertning xulosasi, ekspert xulosasining mazmuni, ekspert xulosasining kirish qismi, ekspert xulosasining tadqiqotqismi, ekspert xulosasining yakunlovchi qismi, qo‘shimcha ekspertiza, qayta ekspertiza, komissiyaviy ekspertiza, kompleks ekspertiza, ekspertiza tadqiqotlari, ekspert xulosasini dalil sifatida baholash, ekspert xulosasining maqbulligi, ekspertizani o‘tkazish vaqti, ekspertizani o‘tkazish joyi, ekspertiza o‘tkazish asoslari, ekspert imzosi bilan tasdiqlangan uning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, sud ekspertiga hal qilish uchun berilgan savollar, dastlabki materiallarining sifatliligi, tadqiqot usullari va uslublari.

Abstract

Ushbu maqolada sud ekspertiza xulosasining tuzilishi, mazmuni va uning ilmiy asoslanganligi va ekspertiza o‘tkazish uchun belgilangan barcha protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholash masalalariga bag‘ishlangan hamda ekspert xulosalarini baholashning aniq, yagona uslubiyoti ishlab chiqilmaganligi ta’kidlangan. Ekspert xulosasining mazmuni va tuzilishi, ya’ni sud eksperti xulosasining barcha tarkibiy qismlari (kirish, tadqiqot va xulosalar – yakunlovchi qism)  amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq batafsil yoritilgan. Bir qator kriminalist olimlarning nazariy fikrlarining tahlillariga tayanib, ekspert xulosasini protsessual hujjat sifatida baholash nuqtai nazaridan ushbu hujjatni rasmiylashtirish uchun bir qator protsessual talablar inobatga olinishi kerakligi asoslangan hamda uning daliliy ma’lumot manbai sifatida baholash bilan bog‘liq bir qator qoidalarga e’tibor qaratish lozimligi asoslangan. Shuningdek, ekspert xulosasini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari ta’kidlangan, ekspert xulosasining tadqiqot qismining faktik va uslubiy tomonini tekshirishda tergovchi va sud bilishi zarur bo‘lgan jihatlarga e’tibor qaratilgan. Ekspert xulosasining qonun chiqaruvchi tomonidan belgilangan tuzilishi tergovchiga, dalil sifatidagi yakuniy hujjatda aks ettirilgan, ekspertiza tadqiqotlarining kirish, tadqiqot va xulosalar (yakunlovchi) qismlarini ketma-ketlikda va tizimli ravishda tahlil qilish va baholashga imkon berishi asoslangan. Shu bilan birga, ekspertiza tadqiqotlarini o‘tkazish va natijalarni rasmiylashtirish faoliyatini nazorat qilishda amalga oshiriladigan tadbirlar tavsiya qilingan.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6256-son Farmoni. / Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021 y., 06/21/6256/0636-son; 18.03.2022 y., 06/22/89/0227-son.

Kriminalistika va ekspertiza. Darslik. Yu.f.n., prof. v.b. D.Bazarova, yu.f.d. dos. I.R.Astanov. – Toshkent: TDYuU, 2019. – 618 b.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 73-son qarori / Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2023 y., 09/23/73/0098-son.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi. – T., 2022.186-m. / O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 2017 y., 1-son, 1-modda, 13-son, 194-modda, 24-son, 487-modda, 36-son, 943-modda, 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021 y., 03/21/673/0112-son; 18.02.2021 y., 03/21/675/0126-son.

В.И.Ивашкои др. Деятельность экспертно-криминалистческих подразделений органов внутренних дел по применению экспертно-криминалистических методов и средства в раскрытии и расследовании преступлений. – М., 1996. – 107 с.

Raxmankulov A.X. MirazovD.M. Dastlabki tergov: Darslik. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. – 455-b.

Россинская Е.Р., Галяшина Е.И. Настольная книга судьи: судебная экспертиза. – М., 2010. – 464 с.

Н.К.Рисунков. Криминалистика: проблеми и тенденция развития. – М., 2006. – С.446.

Published

2023-08-26

How to Cite

Eshmuratov Sherali Baxitovich. (2023). EKSPERT XULOSASINING DALIL MANBAI SIFATIDAGI TUZILISHI, MAZMUNI VA UNI BAHOLASH. IQRO , 4(2), 131–142. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/1857