TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY JARAYONLAR

Authors

  • Yo'ldashev Safoxon A'loxon o'g'li Namangan davlat unversiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo'nalishi 2-bosqich talabasi

Keywords:

renessans, kashfiyot, xalq, temuriylar, svilizatsiya, san'at, adabiyot, madaniyat.

Abstract

Amir Temurning ibratli hayoti va davlatdorlik iqtidori, faoliyati, saltanati tarixi, undagi ilm-fan va madaniyatni oʻrganish tarixshunoslikning yirik ilmiy yoʻnalishlaridan biri sifatida doimo jahon olimlari, davlat rahbarlari, siyosatchilar diqqat-eʼtiborida boʻlib kelgan va shunday boʻlib qolmoqda. Shuningdek, Temuriylar tarixiga oid manbalar jahon miqyosida turli tillarda tarjima qilingan hamda ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilgan. Dunyo tarixshunosligida Amir Temur davrini oʻrganishga oid nashrlar kun sayin ortmoqda. Pirovardida jahon jamiyatshunosligida “Temurshunoslik” mustaqil ilmiy yoʻnalishi shakllandi.

Bugun Amir Temur va Temuriylar sulolasining dunyo sivilizatsiyasi rivojiga, insoniyatning ilmiy, siyosiy-huquqiy, maʼnaviy-gʻoyaviy, madaniy va tafakkur darajasi keskin koʻtarilishiga qoʻshgan hissasi beqiyosligi hech kimda shubha uygʻotmaydi. Jahon hamjamiyati Temuriylar davrini ilm-fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot taraqqiyoti hamda ulugʻ kashfiyot va ixtirolarda oʻz aksini topgan davr, xalqimizni esa shu paytgacha ikki marotaba Renessansga asos solgan el sifatida eʼtirof etadi. Yaʼni xalqimiz haqli ravishda Renessans yarata olgan kam sonli xalqlar sirasiga kiritiladi.Mazkur maqolada shular xususida so'z yuritamiz.

References

Karimov IA Amir Temur haqida so‘z.T. 1986 y.

Tmur va Ulug‘bek davri tarixi.T. 1996 y.

Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at. T.1996 y,

Abdurahmonov A. Ulug‘bek va uning rasadxonasi.T. 1996 y.

Ahmedov B. Temur.T. 1995 y.

Dadaboev H. Amir Temurning harbiy mahorati.T. 1996 y.

Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi.T. 1992 y.

Published

2023-08-22

How to Cite

Yo'ldashev Safoxon A'loxon o'g'li. (2023). TEMURIYLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY JARAYONLAR. IQRO , 5(1), 89–92. Retrieved from https://wordlyknowledge.uz/index.php/iqro/article/view/1799