“BEKATDAGI OQ UYCHA” QISSASIDA IBORALARNING QO‘LLANILISHI
Keywords:
frazeologizm, ibora, turg‘un birikma, o‘zbek tili frazeologiyasi, badiiy nutq, obrazlilik, emotsional ta’sir, personaj portreti, xarakter ifodasi, frazeologik lug‘at, milliy mentalitet, badiiy mahorat, lison va nutq.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilining muhim ifoda vositalaridan biri bo‘lgan frazeologizmlarning badiiy asardagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, yozuvchi Normurod Norqobilovning “Bekatdagi oq uycha” qissasida qo‘llangan iboralarning semantik xususiyatlari, ularning asar personajlari portreti va xarakterini ochib berishdagi roli yoritiladi. Asarda ishlatilgan turg‘un birikmalar orqali qahramonlarning ichki kechinmalari, ruhiy holati hamda muallifning badiiy mahorati namoyon bo‘lishi asoslab beriladi. Shuningdek, frazeologizmlarning nutqning emotsional ta’sirchanligini oshirishdagi ahamiyati misollar asosida ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot jarayonida “O‘zbek tili frazeologik lug‘ati” va qissa matnidan olingan misollar asos qilib olingan.
References
x