O‘ZBEK TILI TA’LIMDA SOHAVIY MATNLAR INTEGRATSIYASI
Keywords:
kommunikativ yondashuv, sohaviy matnlar, o‘zbek tili ta’limi, integrativ o‘qitish, kasbiy nutq, davlat tili, kommunikativ kompetensiya.Abstract
Mazkur maqolada til ta’limida o‘zbek tilini sohaviy matnlar integratsiyasida kommunikativ yondashuv asosida o‘qitishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-sonli “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan ta’lim sifatini oshirish va davlat tilining funksional imkoniyatlarini kengaytirish vazifalariga muvofiq olib borildi. Maqolada o‘zbek tilini birinchi til, ikkinchi til va xorijiy til sifatida o‘qitish jarayonlarini, mavjud darslik, dasturlardagi autentik matn- sohaviy matnlarning umumiy hamda xususiy jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Sohaviy matnlar asosida ishlab chiqilgan integrativ yondashuv o‘rganuvchilarning kasbiy leksikasi, yozma va og‘zaki nutqi, shuningdek, ilmiy va rasmiy uslubda muloqot yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari kommunikativ kompetensiyaning lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik tarkibiy qismlarini shakllantirishda sohaviy matnlar muhim didaktik birlik ekanini ko‘rsatadi hamda o‘zbek tili ta’limi uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan integrativ metodik modelni taklif etadi.
References
Asilova O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi (2024)
Asilova Gulshan O‘zbеk Tilini xorijiy til sifatida o‘qitishda autеntik matеriallardan foydalanish (2023)
Ergasheva G, Adilova S va MO‘TUL jamoasi muallifligidagi “O‘zbekona” (2021)
Sirojiddinov Sh., Ermatova D., Uzoqova M. “Xorijliklar uchun o‘zbek tili”(2022)
Muhamedova, S., & Shirinova, Y. (2024). KO‘P TILLILIK VA KO‘P MADANIYATLILIK MUHITIDA O‘ZBEK TILINI O‘RGATISH MASALALARIGA DOIR. O‘ZBEK TILINING XORIJDA O‘QITILISHI: TA’LIM NAZARIYASI VA AMALIYOTI,1(01), 3–6. Retrieved from https://aphil.tsuull.uz/index.php/anjuman/article/view/96
Ширинова, Е.Т. 2024. “Преподавание узбекского языка в многоязычной и поликультурной среде». Узбекистан: язык и культура. Проблемы прикладной филологии. 1 (5): 56-64. DOI:10.52773/tsuull.aphil.2024.1.5/MGFY7107
G‘afforov N.N., Boltayeva I. O‘ZBEK TILINING SOHADA QO‘LLANISHI (2023).
Ширинова Е.Т., Умурзакова С.А. ”ОБЩИЕ И ДИФФЕРЕНЦИАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ АУТЕНТИЧНЫХ И ОТРАСЛЕВЫХ ТЕКСТОВ, ИХ ИНТЕГРИРОВАННОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В ПРЕПОДАВАНИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО “ (2025).
Shirinova Y.T., Umurzakova S.A. “O‘ZBEK TILINI XORIJIY TIL SIFATIDA O‘QITISHDA SOHAVIY MATNLAR INTEGRATSIYASINING O‘RNI”(2024).