O‘SMIRLIK DAVRIDA AGRESSIV XULQ-ATVORNI SHAKLLANISHIGA INTERNETNING TA’SIRI
Keywords:
o‘smirlik davri, agressiv xulq-atvor, internet ta’siri, ijtimoiy tarmoqlar, virtual muhit, onlayn zo‘ravonlik, psixologik omillar, internetga qaramlik, emotsional beqarorlik, ijtimoiy moslashuv, empatiya pasayishi, profilaktika choralari, raqamli xavfsizlikAbstract
Mazkur ilmiy maqolada o‘smirlik davrida agressiv xulq-atvorning shakllanishida internet muhitining tutgan o‘rni kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarining o‘smir ongiga ta’siri, xususan, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi onlayn materiallar va anonim virtual muloqot shaxsiy rivojlanishga salbiy ta’siri empirik usullar yordamida aniqlangan. Tadqiqot natijalari o‘smirlarning agressiv xulq-atvori ko‘p hollarda nazoratsiz internetdan foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda nojo‘ya muloqotlar va virtual o‘yinlar, videolar orqali shakllanishini ko‘rsatdi. Internetdan nazoratsiz va me’yoridan ortiq foydalanish natijasida agressiya, impulsivlik, empatiya darajasining pasayishi va ijtimoiy moslashuv muammolari yuzaga kelishi ilmiy dalillar asosida asoslab beriladi. Shu bilan birga, oilaviy qo‘llab-quvvatlash, pedagogik yondashuv va sog‘lom ijtimoiy muhit mavjud bo‘lsa, bu salbiy ta’sirlarni kamaytirish mumkinligi isbotlandi. Tadqiqot jarayonida pedagogik, psixologik va sotsiologik manbalarga tayangan holda o‘smirlar orasida agressiv xulq-atvorni oldini olishga qaratilgan samarali profilaktik choralar taklif etiladi. Ushbu maqola natijalari ota-onalar, pedagoglar va ijtimoiy pedagoglar faoliyatida amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.
References
“Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ–153-son). — 2025-yil 30-aprel.
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–764-son).
Davletshin M.G. Umumiy va yosh psixologiyasi. — Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
Karimova V.M. O‘smirlar psixologiyasi va xulq-atvor muammolari. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019.
O. M. va boshq. O‘smirlar xulq-atvorida agressivlikni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar // Uzluksiz ta’lim. — 2020. — №2. — B. 812–815.
R. O., X. A., I. V., A. T. O‘smirlar orasida internet ta’sirida yuzaga keladigan psixologik muammolar // Innovatsion fanlar va innovatsiyalar. — 2021. — T. 2. — №5. — B. 111–114.
H. B., S. O., D. A., X. A. Psixologik barqarorlik va agressiv xulq-atvor o‘rtasidagi bog‘liqlik // Scientific Research Review. — 2022. — T. 3. — №3. — B. 398–402.