HADISLARDA TABIAT MASALASIGA OID QARASHLAR VA “O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA BELGILANGAN TABIATGA OID MAQSADLAR UYG‘UNLIGI
Keywords:
inson,tabiat, suv resurslari, ekologik gigiyena, atmosfera, tibbiyot, biologiya meteorologiya, ekologik g’oya, isrof, ekologik madaniyat, atrof-muhit, tirik organizmlarAbstract
Mazkur maqolada Islom olamining eng birinchi va oxirgi Payg‘ambari bo’lmish Muhammad (s.a.v.) hadislarida tabiat va atrof-muhitga munosabat masalasi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Hadislarda insonning yer yuzidagi mas’uliyatli vakil ekanligi, tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish, isrof va zarar yetkazishning qat’iy qoralanishi asosiy axloqiy tamoyil sifatida yoritiladi. Suvni tejash, daraxt ekish, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-shafqat bilan munosabatda bo‘lishga oid hadislar ekologik tarbiya manbai sifatida talqin etiladi. Shuningdek, maqolada ushbu diniy-axloqiy qarashlarning bugungi global ekologik muammolar fonidagi ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan 2030-yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik koʻrsatkichlarida keltirilgan atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish hamda yashil hududlarni kengaytirishga oid ustuvor maqsadlar bilan hadislar o‘rtasidagi mushtarak jihatlar tahlil qilinadi. Maqola natijalari hadislarning zamonaviy ekologik siyosat va barqaror rivojlanish maqsadlarini ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rnini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni
Oltin silsila.Sahihul Buxoriy.”HILOL-NASHR” nashriyoti,T;.2022-y.2320-hadis.
Karimov, Sh. “Islom va ekologik tafakkur.” – Toshkent: 2020.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf , “Isrof” kitobi, “HILOL-NASHR”nashriyoti, 2015-y. 5-son.33-bet
Xojagon-Naqshbandiya tariqatida tabiatga munosabat respublika ilmiy-nazariy konferensiya materiallari.Buxoro,”Durdona”2025y. 318-bet.
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis huzuridagi NTT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab quvvatlash jamoat fondi loyihasi doirasida tashkil etilgan “Shukronalik tinchlik va ahillik asosi “mavzusidagi Respublika ilmiy amaliy anjumani materiallari to’plami.Buxoro.2024y.181-bet
НАУЧНЫЙ ВЕСТНИК. ФерГУ.PEDAGOGIKA. ISSN 2181-1571 https://journal.fdu.uz 2025/№1.42-bet
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO ADABIYOT, SAN’AT,MADANIYAT VA IJTIMOIY FANLAR AKADEMIYASI MA‘MUN UNIVERSITETI NTM. “MAHMUD AZ-ZAMAHSHARIY VA NAJMIDDIN KUBRONING ISLOM SIVILIZATSIYASIDA TUTGAN O‘RNI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya Urganch – 2025y.308-bet
Educational research in universal sciences, 2(5), 296–300. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/3135.2023 iyun 297-bet.
Zamonaviy ilm-fan va taʼlim istiqbollari" ilmiy-amaliy konferensiyasi. Google schoolar. Doi: https://doi.org/10.5281/zenodo.10911137 03.04.2024. 21-bet