PORSHENLI KOMPRESSORLARDA AJRALIB CHIQAYOTGAN IKKILAMCHI ENERGIYA RESURSLARI FOYDALI QAYTA TIKLASH ASOSIDA ENERGIYA SANARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
porshenli kompressor; energiya samaradorligi; siqish jarayoni; issiqlik ajralishi; siqilgan havo yo‘qotishlari; ikkilamchi energiya resurslari; matematik modellashtirish.Abstract
Ushbu maqolada sanoat va konchilik korxonalarida qo‘llaniladigan porshenli kompressorlar uzluksiz ish rejimi va yuqori energiya sarfi bilan tavsiflanadi. Siqish jarayonida hosil bo‘ladigan issiqlik energiyasi hamda siqilgan havoning behuda atmasferaga chiqib ketishlari kompressor tizimining umumiy energiya samaradorligini pasaytiruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Mazkur tadqiqot porshenli kompressorlarda yuzaga keladigan ushbu energetik yo‘qotishlarni aniqlash, baholash va ularni ikkilamchi energiya resurslari sifatida foydali utilizatsiya qilish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgan.
Tadqiqotda havoni siqish jarayoni politropik model asosida matematik tavsiflanib, kompressor tizimining energetik balansi ishlab chiqildi va Simulink muhitida modellashtirildi. Hisoblashlar issiqlik ajralishi, foydali ish va siqilgan havoning yo‘qotilishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash imkonini berdi. Natijalar issiqlik energiyasi va siqilgan havoning foydalanilmayotgan chiqishlarini integrallashgan holda qayta tiklash kompressor tizimining umumiy energiya samaradorligini oshirish uchun muhim zaxira mavjudligini ko‘rsatdi.
References
Saidur, R., Mekhilef, S., Ali, M. B., & Safari, A. (2021). Energy efficiency improvement in industrial compressed air systems: A review. Renewable and Sustainable Energy Reviews, 141, 110826.https://doi.org/10.1016/j.rser.2021.110826
Zhao, Y., Liu, J., & Wang, Q. (2023). Waste heat recovery technologies for industrial air compressor systems. Journal of Cleaner Production, 382, 135258. https://doi.org/10.1016/j.jclepro.2022.135258
International Organization for Standardization. (2023). ISO 50001:2018/Amd 1:2023—Energy management systems: Requirements with guidance for use. ISO. https://www.iso.org/standard/82876.html
Liu, X., Zhou, Z., & Sun, J. (2024). Integrated waste heat and compressed air recovery in industrial compressor stations. Energy Conversion and Management, 295, 117611. https://doi.org/10.1016/j.enconman.2023.117611