XALQARO TASHKILOTLARNING G’AYRIQONUNIY HARAKATLARI UCHUN XALQARO HUQUQIY JAVOBGARLIGI: NAZARIYA VA AMALIYOT
Keywords:
Xalqaro huquq, subyekt, xalqaro tashkilotlar huquqi, huquqiy layoqati, muomala layoqati, Xalqaro dengiz huquqi, xalqaro gumanitar huquq,Abstract
Bugungi kunda xalqaro huquq ko‘plab yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotgan muhim huquq tarmog‘i hisoblanadi. Shu bilan birga, mazkur soha murakkab tushunchalar, nazariy qarashlar va amaliy masalalarga boy bo‘lgani sababli ayrim tushunarsizliklar ham uchrab turadi. Albatta, ilmiy izlanishlar jarayonida xatolar yuzaga kelishi tabiiy holatdir. Ushbu maqolada yosh tadqiqotchining nazarida xalqaro huquqning subyektlari tushunchasi hamda ularning xalqaro huquq normalarini buzganliklari uchun xalqaro huquqiy javobgarligi masalasi markaziy o‘rin egallaydi. Muallif davlatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, ayrim hollarda jismoniy shaxslarning xalqaro huquq subyekti sifatidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Har bir subyektning huquq va majburiyatlari, javobgarlik shakllari hamda ularni qo‘llash mexanizmlari sodda va tushunarli uslubda yoritib beriladi. Maqola davomida nazariy fikrlar hayotiy misollar bilan boyitilib, o‘quvchining mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsad qilingan. Natijada, mazkur ish o‘quvchiga xalqaro huquqning mohiyatini yaxshiroq anglashga xizmat qiladi. Bu yondashuv orqali muallif mavzuni chuqurroq ochishga, mavjud muammolarni aniqlashga, ularni hal etish yo‘llarini izohlashga va ilmiy hamda amaliy xulosalar chiqarishga uringan.
References
Xalqaro ommaviy huquq/darslik/2023
Xalqaro tashkilotlar huquqi/o’quv qo’llanma/2024
Xalqaro tashkilotlar huquqi/o’quv qo’llanma/2019
“Xalqaro tashkilotlarning javobgarligi to’g’risida”gi xalqaro hujjat:
https://legal.un.org/ilc/texts/instruments/english/draft_articles/9_11_2011.pdf
“Xalqaro shartnomalar to’g’risida”gi Qonun.