ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI HUQUQIY MEXANIZMLARNING AHAMIYATI VA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • Yakubov Jalolbek Jo’rabek o’g’li Urganch Davlat Universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya yo’nalishi

Keywords:

ekologiya, ekologik huquq, atrof-muhit, ekologik xavfsizlik, huquqiy mexanizm.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy mexanizmlarning nazariy va amaliy jihatlari kompleks tahlil qilindi. Ekologik muammolarning globallashuvi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurati hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari zamonaviy huquq tizimida muhim o‘rin egallamoqda. Tadqiqot jarayonida ekologik huquq tushunchasi, uning predmeti va prinsiplari ochib berildi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan ekologik normalar va qonunchilikdagi o’zgarishlar tahlil qilingan. Ekologik huquqbuzarliklar uchun belgilangan yuridik javobgarlik turlari hamda ularning qo‘llanish amaliyoti o‘rganilgan. Maqolada xorijiy davlatlar tajribasi asosida ekologik nazorat va huquqiy tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Hozirgi kunda mintaqaviy va global miqyosda ekologiy xavfsizlikka tahdid solayotgan Orol fojiasi asrning eng yirik ekologik halokatlaridan biri bo’lib kelmoqda. Maqola xulosalari Orolbo’yi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, ekologik qonunchilikni rivojlantirish va amaldagi rolini kuchaytirish hamda ekologik-huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflarni o’z ichiga oladi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent, 2022.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. Toshkent, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeks. Toshkent, 2022.

Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti ekologiya bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar jamlanmasi, 2021–2024.

United Nations. “Sustainable Development Goals and Environmental Protection.” New York, 2020.

UNEP (United Nations Environment Programme). “Aral Sea Crisis: Environmental Assessment Report.” Nairobi, 2019.

Micklin, P. The Aral Sea Disaster. Springer, 2007.

Wikipedia contributors. Aral Sea. [https://en.wikipedia.org/wiki/Aral_Sea]

World Bank. Environmental Monitoring and Management in Central Asia. Washington D.C., 2021.

Legal Info. Environmental Law in Uzbekistan. [https://www.lex.uz ]

Published

2026-01-30 — Updated on 2026-02-09

Versions

Issue

Section

Articles