ODAM SAVDOSI VA UNING OQIBATLARI
Keywords:
odam savdosi, transchegaraviy jinoyat, majburiy mehnat, huquqiy ong, inson huquqlari, ekspluatatsiya, migratsiya, xalqaro konventsiya, qonunchilik, zamonaviy qullik.Abstract
Maqolada zamonaviy global muammo sifatida e’tirof etilayotgan odam savdosi hodisasi, uning asosiy sabablari, turlari va oqibatlari atroflicha tahlil etiladi. Tadqiqotda odam savdosi transchegaraviy jinoyat sifatida ko‘rib chiqilib, fuqarolarning noqonuniy mehnat migratsiyasi, huquqiy ongning pastligi, iqtisodiy muammolar kabi omillar bu jinoyatning keng tarqalishiga sabab bo‘layotgani ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi va xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar asosida odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Maqola yakunida ushbu jinoyatning oldini olishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilgan.