IJTIMOIY-GUMANITAR FANLARNI O‘QITISHDA MEDIAMAHSULOTLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Authors

  • Usmanova Z.B. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti mustaqil izlanuvchisi

Keywords:

mediamahsulotlar, mediapedagogika, raqamli transformatsiya, ijtimoiy-gumanitar fanlar, mediasavodxonlik, tanqidiy fikrlash, virtual reallik, infografika, raqamli kompetensiya, axborot xavfsizligi.

Abstract

XXI asrda raqamli transformatsiya jarayonlari ta’lim tizimini tubdan yangilash bilan birga, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanishni dolzarb masalaga aylantirdi. Maqolada mediamahsulotlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, imkoniyatlari va pedagogik ahamiyati atroflicha yoritilgan. Multimedia, virtual reallik, infografika, podkastlar va onlayn platformalar kabi mediatexnologiyalar ta’limda vizual qabulni kuchaytirishi, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishi, ishtirokchanlik va motivatsiyani oshirishi ta’kidlangan. Shuningdek, Finlyandiya, AQSH va Yaponiya kabi davlatlar tajribasi asosida mediapedagogikaning samarali modellari tahlil qilingan. Maqolada mediamahsulotlardan foydalanishda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolar — infoshovqin, feyk axborot, texnik resurslar yetishmasligi va raqamli kompetensiya pastligi kabi cheklovlar ham yoritilgan. Xulosa sifatida mediamahsulotlar ijtimoiy-gumanitar ta’limni modernizatsiya qilish, o‘quvchilarning ijtimoiy, madaniy va intellektual kompetensiyalarini rivojlantirishda strategik ahamiyatga ega ekanligi bayon etilgan.

References

UNESCO. Media and Information Literacy Curriculum for Teachers. Paris: UNESCO, 2021.

Mayer, R. Multimedia Learning. Cambridge University Press, 2021.

Nazarov B. “Mediasavodxonlik va zamonaviy axborot texnologiyalari”. – T.: InfoPress, 2021.

Usmanova Z. “Mediamaxsulotlar muxim ta’lim-tarbiyaviy vosita sifatida” T.: halqaro ilmiy anjumanlar to‘plami 2025-yil 3-iyul.

Published

2026-01-30

Issue

Section

Articles