ZAMONAVIY QAZISH ISHLARIDA SKREBKALI KONVEYERNING SAMARADORLIGI VA ENERGIYA TEJAMKORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
skrebkali konveyer, elektr uzatma, frekvensiyani tartibga solish, energiya tejamkorligi, koʻp motorli tizim, dinamik yuklar, qazish majmuasi.Abstract
Maqolada zamonaviy yer osti koʻmir qazish ishlarida skrebkali konveyerning (SK) ahamiyati, uning elektr uzatmalari tizimlaridagi muhim muammolar va ularning samarali yechimlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot SKning ish jarayonlaridagi asosiy muammolar – katta ishga tushirish oqimlari, dinamik yuklar, koʻp motorli uzatmalardagi yukning notekis taqsimlanishi va energiya samaradorligining pastligi kabi masalalarga qaratilgan. Maqolada frekvensiyani tartibga solinadigan elektr uzatma (FRED) va qazish kombayni bilan birgalikda muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimlarining qoʻllanishi orqali SKning energiya tejamkorligi, ishonchliligi va umumiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari ilmiy asoslar va amaliy tajribalar asosida keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, FRED tizimlarining joriy etilishi ishga tushirish oqimlarini 40-50% gacha kamaytirishi, elektr energiya sarfini 15-25% tejash va SKning xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytirish imkonini beradi. Maqolada keltirilgan tavsiyalar koʻmir sanoatida zamonaviy avtomatlashtirish texnologiyalarini joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun amaliy ahamiyatga ega..
References
Spivakovskiy A.O., Dyachkov V.K. Transportnye mashiny. M.: Gornaya kniga, 2008.
Zajcev Yu.V. Gidravlicheskie i elektromagnitnye mufty v privodakh gornykh mashin. M.: Mashinostroenie, 2013.
Voronov A.A. Problema neravnomernogo raspredeleniya nagruzki v mnogodvigatelʼnom privode. Elektrotekhnika. 2018.
Andreev V.I. Energosberezhenie v gornom proizvodstve. M.: Nedra, 2014.
Volkov D.P. Gidromufty v privodakh skrebkovykh konveyerov. Gornaya tekhnika. 2020.
Caterpillar Inc. CST Drive Systems for Mining Conveyors. Technical Report. 2021.
Semyonov L.P. Modelirovanie chastotnogo puska asinkhronnogo elektroprivoda SK. Elektrotekhnika. 2022.
Sergeev V.G. Soglasovanie skorostey OK i SK. Gornaya promyshlennostʼ. 2021.
Oʻzbekiston Respublikasi Energiya vazirligi. "Oʻzbekistonda koʻmir sanoatini rivojlantirish dasturi 2023-2030". Toshkent, 2023.
Kravchenko V.M., Sidorov A.N. Chastotno-reguliruemyy elektroprivod gornykh mashin. M.: Izdatelʼstvo "Gornoe delo", 2019.
Zhang W., Liu H., Chen Y. Energy efficiency optimization of scraper conveyors in coal mining. International Journal of Mining Science and Technology. Vol. 32, No. 4, 2022, pp. 745-753.