O‘ZBEKISTONDA “KORXONA–OLIYGOH–ILMIY TASHKILOT” KLASTER MODELI ASOSIDA AMALIY TADQIQOTLARNI TIJORATLASHTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
O‘zbekiston-2030 strategiyasi, innovatsion rivojlanish,“korxona–oliygoh–ilmiy tashkilot” klasteri modeli, amaliy tadqiqotlar, texnologiya transferi, davlat-xususiy sheriklik.Abstract
Mazkur maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan innovatsion rivojlanish ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, “korxona–oliygoh–ilmiy tashkilot” klaster modeli asosida amaliy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Strategiyada ilm-fan, ta’lim va real sektor integratsiyasini kuchaytirish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish asosiy maqsad sifatida belgilangan bo‘lib, ushbu maqola aynan shu vazifalarning ilmiy-amaliy yechimlariga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida innovatsion iqtisodiyot sharoitida ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Maqolada klaster modelining institutsional tuzilmasi, manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlari hamda ularning innovatsion faoliyat samaradorligiga ta’siri baholangan.
Maqolada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga mos ravishda texnologiya transfer ofislarini rivojlantirish, klasterlar doirasida davlat–xususiy sheriklikni kuchaytirish, startap va innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari innovatsion siyosatni takomillashtirish, ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish hamda milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
References
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni. PF-158-son, 11.09.2023. Available from: https://lex.uz/ru/docs/-6600413
Etzkowitz H, Leydesdorff L. The Triple Helix—University-Industry-Government Relations: A Laboratory for Knowledge-Based Economic Development. EASST Review. 1995;14(1):1419.
Brill Publishers. The Triple Helix Journal. Available from: https://brill.com/view/journals/thj/7/2-3/article-p189_4.xml
Global Geneva Business Alliance. Switzerland tops global innovation ranking for the 15th consecutive year. Available from: https://ggba.swiss/en/switzerland-tops-global-innovation-ranking-for-the-15th-consecutive-year/?utm_source
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi. Innovatsiya sohasidagi faoliyat bo‘yicha press-reliz [Internet]. 2025 Jul 25. Available from: https://stat.uz/img/press-relizlar/press-reliz-innovatsiya-eng-25_07_2025_p64657.pdf?utm_source
USPTO. Technology Transfer Policy. Available from: https://www.uspto.gov/ip-policy/patent-policy/technology-transfer?utm_source
Wikipedia. Federal Laboratory Consortium. Available from: https://en.wikipedia.org/wiki/Federal_Laboratory_Consortium?utm_source
Wikipedia. Cooperative Research and Development Agreement. Available from: https://en.wikipedia.org/wiki/Cooperative_research_and_development_agreement?utm_source=
INNO Innovatsion Texnopark. Partners. Available from: https://innotechnopark.com/en/partners?utm_source
ISRS. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi. Available from: https://isrs.uz/oz/ozbekiston-yangiliklari/ilm-fan-va-innovatsiyani-rivojlantirish-masalalari-tanqidiy-korib-chiqildi?utm_source