SUN’IY INTELLEKT NIGOHIDA KATTA QIRQQIZ QAL’ASI
Keywords:
Qirqqiz qal‘a, sun’iy intellekt, vizual modellashtirish, raqamli texnologiyalar, raqamli rekonstruksiya, tarixni jonlantirish, innovatsion yondashuvlar.Abstract
Ushbu maqolada Xorazm vohasining eng yirik mudofaa inshootlaridan biri bo‘lgan Qirqqiz qal’asi tarixini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘rganish masalalari yoritiladi. Qal’aning kelib chiqishi, me’moriy tuzilishi va qadimgi Xorazm mudofaa tizimidagi o‘rni haqida mavjud arxeologik ma’lumotlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi, tarixiy yodgorliklarni qayta tasavvur qilish, ularning dastlabki ko‘rinishini modellashtirish hamda yo‘qolib ketgan detallarni tiklash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Shu bois, mazkur tadqiqot ishida AI yordamida Qirqqiz qal’asining ehtimoliy rekonstruksiyalari, qal’a ichki tuzilishining modellashtirilgan variantlari va tarixiy muhitni jonlantirishga doir yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi - sun’iy intellekt nigohi orqali Qirqqiz qal’asining tarixiy ahamiyatini chuqurroq ochib berish, uni o‘rganishda raqamli metodlarning afzalliklarini namoyish etish hamda tarixiy merosni keng jamoatchilikka yetkazishda innovatsion texnologiyalarning o‘rnini ko`rsatishdan iborat. Tadqiqot ishi natijalari tarix fanida yangi vizual talqinlar yaratish va madaniy yodgorliklarni zamonaviy shaklda butun ommaga yetkazish uchun muhim amaliy ahamiyatga ega. Sun’iy intellekt asosidagi tahlillar nafaqat tarixiy tasavvurlarni kengaytiradi, balki Qirqqiz qal’asi kabi yodgorliklarning kelajak avlodlar uchun yanada aniqroq va jonli talqinini yaratishga xizmat qiladi. Mazkur yondashuv an’anaviy tarixiy izlanishlarni yangi bosqichga olib chiqib, o‘tmish va raqamli zamon o‘rtasida mustahkam ilmiy ko‘prik vazifasini bajaradi.
References
Shavkat Mirziyoyev calls for international cooperation on AI ethics standarts.Kun.uz - Prezidentning 2025 – yil aprel oyidagi AI etikasi va global normativi haqida nutqi. Kun.uz
President of Uzbekistan advocates for international cooperation on AI technologies. President.uz rasmiy sayti – Prezidentning sun`iy intellekt bo‘yicha xalqaro hamkorlik takliflari.
Salimova H.R., Uralov M.R. Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar orqali adabiy merosni saqlash va targ‘ib qilish – MASTERS(2025). AI orqali adabiy va madaniy merosni raqamlashtirishning usullari.
Abdullayev B.P., Kenjayeva M.O. Tarixiy ma’lumotlarni raqamlashtirishda sun’iy intellektning o‘rni – PEDAGOGS journal(2025). SI texnologiyalarining tarixiy ma’lumotlar raqamlashtirishdagi afzalliklari.
Sayfulloh X. Fayzullayev. Sun’iy intellekt va O‘zbekistonda raqamli transformatsiya: imkoniyatlar va chaqiriqlar(2025). O‘zbekistonda AI rivojlanishi va raqamli transformatsiya startegiyasi tahlili.
Fayyoza A. Tojiboyeva. Sun’iy intellekt yordamida turkiy xalqlar tarixini tadqiq etish imkoniyatlari(2025). SI yondashuvi orqali tarixiy manbalarni tahlil qilish va raqamlashtirish imkoniyatlari.
“Qadimgi Xorazm qal’alari va ulardagi arxeologik tadqiqotlar” Gulchehra Durdiyeva (2021).
Qadimgi Xorazm tarixi. Q.Sobirov va I.Usmonova(2022)
UNESCO Core Data Portal – Supporting State Party for the protection of the World Heritage in Uzbekistan(2024-2025). O‘zbekistonning Jahon merosi obyektlarini himoya qilish bo‘yicha UNESCO qo‘llab-quvvatlash faoliyati loyihasi.
O‘zbekiston tarixi XI(Xorazm tarixi bo‘limi). A.S.Sagdullayev(2023).