SHAXS MAʼNAVIY-AXLOQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Maʼnaviy-axloqiy madaniyat, shaxs kamoloti, pedagogik jarayon, 2030 strategiyasi, taʼlim, maʼnaviy tarbiya, kompetensiyaviy yondashuv.Abstract
Ushbu maqolada shaxs maʼnaviy-axloqiy madaniyatini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari yoritilgan. Tadqiqot O‘zbekiston 2030 strategiyasi va Oliy taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasiga asoslangan holda olib borildi. Maqolada ilmiy muammo, maqsad, metodlar, tajriba natijalari hamda umumiy xulosalar bayon etilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati oliy taʼlim muassasalarida tarbiya jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, suhbat, test sinovlari va tajriba–eksperimental ishlar qo‘llanilib, olingan natijalar asosida maʼnaviy tarbiya jarayonining takomillashtirilgan modeli ishlab chiqildi. Ushbu model yosh avlodda ijtimoiy mas’uliyat, madaniy ong va axloqiy immunitetni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, uni amaliyotga tatbiq etish taʼlim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Maqola xulosalari Oliy ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlarning mazmuni va metodikasini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar bilan boyitilgan.
References
Maxmudov, B. N. Oʻzbekiston pedagogikasi: Milliy tarbiya va zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: Turon-Iqbol 2022.
Olimov, Q. T. Maʼnaviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishda aksiologik yondashuvning oʻrni. Ilmiy-uslubiy qoʻllanma. Toshkent: Fan va texnologiya 2023.
Sodiqova, A. S. Taʼlim jarayonida milliy qadriyatlar asosida maʼnaviy tarbiya texnologiyalari. Monografiya. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti 2021.
Tursunov, E. N. Shaxsning ijtimoiy faolligini rivojlantirishda axloqiy tarbiyaning pedagogik mexanizmlari. Pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent 2024.
Xasanova, D. M. Oʻquvchi-yoshlarda Vatanparvarlik ruhini shakllantirishning zamonaviy didaktik asoslari. Ilmiy maqolalar toʻplami. Toshkent 2022.
Yoʻldoshev, J. Gʻ. Pedagogika: Nazariya va amaliyot. Darslik (yangilangan nashri). Toshkent: Oʻqituvchi 2020.
Gʻulomov, S. S. Axloqiy madaniyatni shakllantirishda oila va maktab hamkorligining integratsion modeli. Xalq taʼlimi jurnali, № 4. 2023.
Rashidov, U. V. Taʼlimda innovatsion texnologiyalar va maʼnaviyat masalalari. Konferensiya materiallari. Buxoro 2021.
Ergasheva, N. S. Yoshlarda ekologik ong va axloqiy masʼuliyatni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari. Pedagogik tadqiqotlar jurnali, 12-son. 2024.