O‘zbek tilining rasmiy uslubi va unda modal so‘zlarning qo‘llanishi
Main Article Content
Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek tilining rasmiy-idoraviy uslubida modal so‘zlarning qo‘llanish xususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqot rasmiy hujjatlar: xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa ayrim rasmiy hujjatlar va Prezident murojaatnomalari materiallari asosida olib borildi. Tahlil natijalari rasmiy yozma hujjatlarda rasmiy uslubga xos tarzda subyektiv modallikning keskin cheklanganini, deontik modallikning ustuvorligini hamda ayrim modal so‘zlarning bilvosita modal vosita sifatida ishlatilishini ko‘rsatadi. Rasmiy uslubning og’zaki shakli bo‘lgan muhtaram prezidentimiz murojaatnomalarida esa aksincha – subyektivlik va uni ifodalovchi modal so‘zlarning ko‘proq qo‘llanishi kuzatiladi. Maqolada rasmiy uslubning har ikkala, yozma va og’zaki shakllaridagi modal so’zlar funksional stilistik jihatdan tahlil qilinadi.
Article Details
References
Аминов М., Мадвалиев А., Маҳкамов Н., Маҳмудов Н. Иш юритиш. – Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” нашрёти, 2015.
Aminov M. Madaliyev A., Mahkamov H., Mahmudov N. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2020.
Бердақ Юсуф. Қадимги туркий тилнинг расмий услуби, Ўзбек тили ва адабиёти журнали., 2020/№3б.
Бабаханова Д. Официальный деловой-стиль современного узбекского литературного языка. Автореф. дис. канд.филол.наук., Тошкент-1987.
Каримов С. Ўзбек тили функсионал стилистикаси. – Самарқанд: СамДУ нашрёти, 2010.
Кўчимов Ш. Ўзбекистон Республикаси қонунларининг тили. Филол.фан. номз. дис. автореф. Тошкент-1995.
Кўчимов Ш. Ҳуқуқий нормаларни ўзбек тилида ифодалашнинг илмий-назарий мумммолари: Фил. фан. доктори диссертацияси, Тошкент – 2004.
Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. - Тошекент, “Ўқитувчи” нашрёти, 1983.
Киреева Е. З. Категория модальности и ее выражение в тексте официального документа (На материале регионального законодательства) Автореф. дис. док. фил. наук, Архангельск – 2019.