ONTОGЕNЕZNING ILK BOSQICHLARIDA INSONNING PSIXIK RIVOJLANISHIGA XOS XUSUSIYATLAR

Authors

  • Muratova Zilola Salohiddin qizi Andijon davlat pedagogika instituti Milliy g‘oya va manaviyat asoslari va huquq talimi yo‘nalishi 101-guruh talabasi

Keywords:

ontogenez, psixik rivojlanish, ilk bolalik davri, ijtimoiylashuv, psixik jarayonlar, shaxs shakllanishi, ma’naviy tarbiya, milliy qadriyatlar, ijtimoiy muhit.

Abstract

Mazkur maqolada ontogenezning ilk bosqichlarida inson psixikasining shakllanish qonuniyatlari, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik, ijtimoiy va ma’naviy omillarning o‘zaro uyg‘unligi kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ilk bolalik davrida psixik jarayonlarning paydo bo‘lishi, rivojlanish dinamikasi hamda shaxs shakllanishining dastlabki bosqichlari chuqur ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari nuqtai nazaridan bola psixikasining rivojlanishida oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ontogenezning ilk bosqichlarida shakllangan psixik xususiyatlar insonning keyingi ijtimoiy faoliyati va shaxs sifatida kamol topishida hal qiluvchi omil ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-04-29