CHOR HUKUMATINING XIVAGA UYUSHTIRGAN 1839 YILDAGI QISHKI HARAKATI
Keywords:
Sankt-Peterburg, -Xivaliklar, Orol dengizi, Nikolay I, A. I. Chernyshev, Angliya hukumati.Abstract
XIX asr, Rossiyaning Markaziy Osiyoga nisbatan siyosati tobora kuchayib bormoqda. Rossiyaning mintaqadagi faollashishi Orenburg harbiy gubernatori V. A. Perovskiy faoliyati bilan bevosita bog'liq edi. 1834 yilda uning farmoniga binoan nihoyat Kaspida yangi Aleksandrovskiy qal'asi qurildi. Biroq, bu qal'ani qurilishi Xiva muammosini hal qilmadi. Xivaliklar savdo karvonlarini talon - taroj qilishlari va rus qozoqlarini doimiy talashlari davom etdi. Har yili Xivaga Rossiya fuqarolaridan 200 ga yaqin asir o'g'irlangan. Perovskiy yurishi hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanib, Xivaga qarshi harbiy yurishga tayyorgarlik ko'rishni boshladi. Harbiy gubernatorga xonlik poytaxtini olish, uning hukmdorini Rossiya uchun foydali shartnoma imzolashga majbur qilish va Rus asirlarini hammasini ozod qilish buyurildi.


