MAHALLA BOSHQARUV TIZIMINING TARIXIY SHAKLLANISHI VA UNING HUQUQIY-TASHKILIY ASOSLARINING YARATILISHI
Abstract
Mahalla O‘rta Osiyoda qadimdan hududiy-ma’muriy birlik hisoblanadi. Bu yerda har bir yashovchi taqdiri, orzu-umidi, hayotga va odamlarga munosabati qat’iy bir biriga bog’liq bo’lgan. Bir-biri bilan hisoblashib yashagan. Shu bilan birga mahallachilik uzoq an‘analarga va xalqimiz tarixiga, uning boy ma‘naviy-axloqiy udumlariga bog‘liq bo‘lgan ulkan hayot maktabi. Ma‘lumki, jamiyatni demokratlashtirishning yana bir muhim sharti mahalla tizimini huquqiy asoslar bilan shakllantirishdir. Maqolada mahalla boshqaruv tizimining tarixiy shakllanishi va uning qanday qilib huquqiy-tashkiliy asoslarining yaratilganligi va bu soxada yana qanday ishlarning amalaga oshirilishi kerakligi to’g’risida so’z boradi.


