FANLARARO INTEGRATSIYANING ZARURIYATI VA AMALIY SAMARADORLIGI
Keywords:
Fanlararo integratsiya, interdistsiplinar yondashuv, fanlararo hamkorlik, innovatsiya, multidistsiplinar tadqiqot, fanlar sinteziAbstract
Ushbu maqolada fanlararo integratsiya tushunchasi, uning zarurligi va amaliyotdagi ahamiyati yoritilgan. Turli fan sohalarining bir-birini to'ldirishi va yagona maqsadga erishishdagi roli tahlil qilingan. Maqolada fanlararo integratsiyaning afzalliklari, jumladan mutaxassislar o'rtasidagi hamkorlikni rag'batlantirish, yangi g'oyalarni rivojlantirish, innovatsion yondashuvlarni qo'llash kabi jihatlari yoritilgan. Shuningdek, amaliyotda fanlararo yondashuvning qo'llanilishi, masalan tilshunoslik, iqtisodiyot, fizika kabi sohalarda ko'plab misollari keltirilgan. Xulosa qismida fanlararo integratsiyaning kelajagi va rivojlanish istiqbollari baholangan hamda soha mutaxassislariga tavsiyalar berilgan.


