XURSHID DAVRON IJODIDA DEYKSISNING IFODALANISHI
Keywords:
deyktik vositalar, nutqiy faoliyat, pragmatika, deyksis hodisasi, zamon deyksisi, makon deyksisi, shaxs deyksisi, sotsial deyksis, olmosh, Xurhid DavronAbstract
Maqolada bugungi kun tilshunosligining yangi yo‘nalishlaridan biri pragmalingvistikaning o‘rganish obyekti bo’lgan deyksis hodisasi hamda uning badiiy asarlardagi o‘rni ochib berilgan. O‘zbek adabiyotidagi badiiy asarlar til tizimining turli tomonlaridan keng tadqiq qilingan. Shunday bo‘lsa-da pragmatik jihatdan tahlil qilinmagan bir qancha badiiy asarlar mavjud. Bu maqolada pragmatikaning asosiy tushunchasi deyksis hodisasi va uning mohiyati Xurshid Davronning “ Sohibqiron nabirasi yoxud mitti yulduz qissasi“ nomli asari tarkibiga kiruvchi “ Anqara ustida porlar mungli oy…” hikoyasi orqali tahlil qilindi. Yozuvchi asarining deyktik xususiyatlari ochib berildi.


