KOLLOID KIMYONING BUGUNGI KUNDA XALQ XO’JALIGIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI
Keywords:
Kolloid kimyo, disperss sistemalar, sirt qavatlar, geterogen sistemalar, bo’ktirish, koagulyatsiya, adsorbsiya,sorbent.Abstract
Kolloid kimyo - sirt hodisa, dispers sistema va ularning fizik, kimyoviy hamda mexanik xossalari haqidagi fandir. Atrofimizdagi mavjud bo’lgan barcha materiallar – tuproq, yog’och, tabiiy suv, turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlari, rezina, bo’yoq va boshqalarning hammasi dispers sistemalardir. Kapillyar-g’ovak moddalar ham dispers sistemalar jumlasiga kiradi. Qon, limfa, orqa miya suyuqligi, hujayra protoplazmasi va boshqa biologik suyuqliklar kolloid eritmalardir. Ular kolloid holatdagi ko’pgina moddalarni o’z ichiga oladi, masalan, fosfatlar, yog’lar, lipidlar, oqsil, xolesterin, glikogen va boshqalar. Bundan tashqari dispers sistemalar ko’rinishidagi dorivor preparatlar ham mavjud, masalan, protorgol, kollargol. Ko’pgina oziq-ovqat mahsulotlari, yuvuvchi vositalar ham dispers sistemalardir. Kolloid sistemalar mikrogeterogen hatto ultramikrogeterogen sistemalar bo’lib, dispers sistemalar kimyosining vazifasi yuqori disperslikka ega bo’lgan geterogen sistemalarni, bu sistemalardagi sirt hodisalarini va yuqori molekulyar sistemalarni o’rganishdan iborat.


