BO‘LAJAK ARAB TILI O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDAGI YONDASHUVLAR
Abstract
Ma’lumki, bo‘lajak arab tili o‘qituvchisining pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiysi tizimli, shaxs faoliyatiga yo‘naltirilgan, kompetensiyaviy, faoliyat yondashuvlaridir.
Pedagogikada tizimli yondashuv - ta’lim va tarbiyaning mohiyati va qonuniyatlarini pedagogik jarayonning yagona tizimi, shaxsning ijodiy rivojlanish mexanizmlari, dunyoqarash va fan asoslari tushunchalari tizimini shakllantirish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar majmui sifatida ona va bir yoki bir nechta chet tillarida tizimli fikrlashni o‘rgatadigan innovatsion yo‘nalishdir.


