“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DA IFODALANGAN UST KIYIM NOMALARINING HOZIRGI TURKIY TILLARGA MUNOSABATI
Abstract
Annotatsiya “Devonu lug‘otit turk” so‘z boyligida Qoraxoniylar saltanatida yashagan turkiy urug‘lar jonli so‘zlashuv nutqi hamda ilk eski turkiy adabiy tilda qo‘llanishda bo‘lgan maishiy leksikaga salmoqli o‘rin ajratilgan. Ushbu maqolada qardosh turkiy tillar maishiy leksikasining mavzuiy guruhlaridan biri ust kiyim nomlarini anglatuvchi so‘zlarning shakllanish va rivojlanish bosqichlarini belgilashda Mahmud Koshg‘ariyning ulkan mehnati tufayli yuzaga chiqqan qomusiy asarning o‘rniga diqqat qaratilgan.
Kalit so‘zlar: integral sema, eski turkiy til, affiks, kiyim turlari, xususiy ma’no, mutlaq sinonim, Turfon matnlari.


