KREDIT-MODUL TIZIMINING IMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI
Keywords:
portfolio, taqdimot, loyiha.Abstract
Ta’lim jarayonlarini kredit-modul tizimida tashkil qilish o‘quv jarayonining samarasini keskin oshiradi. Eng avvalo talabalarga tanlov imkoniyatining berilishi ularning bilim olishga bo‘lgan intilishlarini kuchaytiradi. O‘tgan davr mobaynida orttirilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talabaga o‘qituvchini tanlash imkonini berish ularni faollashtiradi, ular yuqori bosqich talabalari bilan tez aloqaga kirishib muhokama qilishni boshlashadi. Taqdim qilingan fan o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotnomalar sinchikovlik bilan o‘rganilib o‘qituvchilarning fanlariga yozilish jarayonlari tobora individuallashib boradi. Aslini olganda an’anaviy shakldagi akademik guruh kredit-modul tizimi uchun mos birlik emas. Bu omil o‘tgan davrda talabalarning shaxsiy o‘quv traektoriyalarini shakllantirish bo’yicha o‘tkazilgan eksperimentlarda yaqqol namoyon bo‘ldi.