BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING BAHOLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH ZARURATI – IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Keywords:
baholash kompetensiyasi, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, pedagogik ta’lim, boshlang‘ich ta’lim, o‘quv yutuqlari, diagnostik faoliyat, formativ baholash, summativ baholash, kasbiy kompetensiya, ijtimoiy-pedagogik muammo.Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining baholash kompetensiyasini rivojlantirish zarurati ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Bugungi ta’lim jarayonida o‘qituvchidan nafaqat bilim berish, balki o‘quvchilarning o‘quv yutuqlarini adolatli, xolis va tizimli baholash, ularning individual rivojlanish dinamikasini aniqlash ham talab etilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida baholash jarayoni o‘quvchining bilim olishga bo‘lgan munosabati, o‘ziga ishonchi, motivatsiyasi va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarining shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida baholash kompetensiyasini shakllantirish va rivojlantirish pedagogik ta’limning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maqolada baholash kompetensiyasining mazmuni, uning kasbiy-pedagogik faoliyatdagi o‘rni, zamonaviy baholash yondashuvlari hamda ushbu kompetensiyani rivojlantirishning ijtimoiy zarurati ilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini rivojlantirishga oid qaror va farmonlari.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan, 2006.
Ishmuhamedov R.J., Yuldashev M.A. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2013.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.
Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent, 2017.
Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent, 2015.