Rolli o‘yinlar usuli

Authors

  • Yusufxodjayeva F QDPI o`qituvchisi

Keywords:

kartoshka, pomidor, turp, shalg‘om, piyoz.

Abstract

Bunday mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligini oshirish uchun kichik guruhlarda ishlash usulining rolli o‘yin ko‘rinishini qo‘llash mumkin. Bu usulni qo‘llash uchun sinf o‘quvchilari to‘rt guruhga bo‘linadi. Bunda 1-guruh “Tarixchilar”, 2-guruh “Tabiatshunoslar”, 3-guruh “Pazandalar”, 4-guruh “Nazoratchilar” deb nomlanadi. Nomlanishidan ham ayon bo‘ladiki, “Tarixchilar” guruhi a’zolari sabzavot va mevalarning kelib chiqishi tarixi haqida; “Tabiatshunoslar” sabzavot va mevalarning tarkibi, turlari, o‘sish sharoitlari haqida; “Pazandalar” esa sabzavot va mevalardan foydalanish, qayta ishlov berish haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib, o‘sha sabzavot yoki meva timsoliga kirib gapirib berishadi. “Nazoratchilar” esa yuqordagi ishlarga ball (baho) qo‘yib boradilar.

Published

2023-04-12