Elektron resurslar yaratishga mo’ljallangan veb-ilovani loyihalash va ishlab chiqish
Keywords:
Elektron resurslar, dasturlash tili, axborot tizimi, tarmoq texnologiyalari.Abstract
Bugungi kunda ta’limni axborotlashtirish borasida keng ko’lamli ishlar bajarilmoqda. Bu borada qilinadigan muhim ishlardan biri elektron resurslarni yaratish va uni ta’lim jarayonida qo’llash hisoblanadi. Elektron resurslarni yaratishda qulay interfeysga ega va foydalanuvchi uchun oson o’zlashtira oladigan dasturiy tizimlarga ehtiyoj seziladi.
Mazkur ishda elektron resurslar yaratishga mo’ljallanga veb-ilovani ishlab chiqish masalasi muhokama qilinadi. Bunda mavjud ilovalar tahlil qilinadi. Loyihaning funksional strukturasi shakllantiriladi, ilova strukturasi modellashtiriladi, zaruriy ma’lumotlar sxemasi loyihalanadi. Ishning natijasi bo‘lib foydalanuvchi o’z elektron resurlarini yaratish, tahrirlash va ta’limda qo’llash imkoniyatlarini beradigan veb-ilova hisoblanadi.