Kitob va kitobxonlik – inson ma`naviyatining ko`zgusi

Authors

  • Isokulov Farrux Shuxrat o‘g‘li Nizomiy nomidagi TDPU Amaliy psixologiya yo‘nalishi 3 kurs talabasi

Keywords:

bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donish.

Abstract

Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”. Xalqimiz tilida kitob o`qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o`rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko`p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog`i”, “Go`zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to`g`ri yo`lni ko`rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo`lishining muhim omili – bu kitobga do`st bo`lish, va kitob o`qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o`rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg`ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Published

2023-05-21