Abstract
Tuxumdon o‘smalari ayollar reproduktiv tizimi neoplaziyalari orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, zamonaviy ginekologiya va onkoginekologiyaning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Kasallikning klinik kechishidagi kam simptomlilik, erta bosqichlarda aniqlanish murakkabligi hamda reproduktiv funksiyaga salbiy ta’siri ushbu patologiyaning ilmiy-amaliy ahamiyatini oshiradi. Ayniqsa, reproduktiv yoshdagi ayollarda uchrashi organ saqlovchi yondashuvlarni ishlab chiqish zaruratini belgilaydi.