Abstract
Mazkur maqolada Boborahim Mashrab lirikasida tasavvufiy qarashlarning o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Unda shoirning hayoti, tasavvufiy ta’limot bilan bog‘liq shakllanish jarayoni, ijodiy merosining g‘oyaviy-falsafiy asoslari yoritilgan. Mashrab she’riyatida ilohiy ishq, nafsni yengish, ruhiy poklanish, komillikka intilish kabi tasavvufiy tushunchalarning badiiy ifodasi ochib beriladi. Shuningdek, uning ijodida mazhablararo bag‘rikenglik, insonparvarlik va ma’naviy poklik g‘oyalari yetakchi o‘rin egallashi asoslab beriladi. Maqolada shoirning tasavvufiy dunyoqarashi uning lirik merosining mazmun-mohiyatini belgilovchi muhim omil ekanligi ilmiy xulosalar asosida ko‘rsatib berilgan.
References
Eshonqulov, A. Tasavvuf va adabiyot. Toshkent: Fan, 1997.
Komilov, N. Tasavvuf – qalb ilmi. Toshkent: Ma’naviyat, 2004.
Sultonov, X. O‘zbek mumtoz adabiyoti. Toshkent: O‘zbekiston, 2005.
Turaqulov, D. Mashrab va uning zamoni. Andijon, 2010.
Is’hoqova, Z. Mashrab. Toshkent: Abu Matbuot-Konsalt, 2011.
Hoshimxonov, M. Mashrabning ijtimoiy-falsafiy qarashlari. Falsafa fanlari nomzodi dissertatsiyasi. Toshkent: O‘zFA Falsafa va huquq instituti, 1995. – B. 57–58.
Sirojiddin Sayyid. Mashrab she’riyati va xalq og‘zaki ijodi. “Yoshlik” jurnali, 2017.
Shoh Mashrab. G‘azallar. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2001.
www.ziyouz.uz – Mashrab hayoti va ijodiga oid maqolalar.