Abstract
Bilamizki, she’riyatda gul yoki o‘simliklar nomi ko‘chma ma’noda shaxs sifatini ifodalab kelishi ko‘p kuzatiladigan an’anaviy poetik hodisalardan biridir. Badiiy obraz yaratishda gul obrazidan foydalanish, gul va shaxs orasidagi ma’lum o‘xshashliklarga asoslanadi. Ushbu maqolada ham Ogahiy ijodining yuqori bosqichlari yoritib o‘tilgan. O‘z davrining yetuk ijodkorlari she’riyatida gul obrazlariga to‘xtalib o‘tilganini ko‘rish mumkin. Ma’shuqaning vaslini kuylash borasida gul obrazidan foydalangani uni xarakter- xususiyatlarini gulga qiyos etilgani maqola mazmunini ochib bergan.