Abstract
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining mazmunini belgilab bergan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida ta’kidlanganidek, o‘yin maktabgacha bo‘lgan ta’lim va tarbiya jarayonining asosiy shakli, “o‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi”. U maktab ta’limining boshlang‘ich sinflarida ham yetakchi mavqe tutgani holda o‘rta va yuqori sinflarda turli shakl hamda darajalarda mavzular mohiyatini singdirishning samarali vositasi o‘laroq qo‘llanadi.