Abstract
XIX asr oxiri XXasr boshlarida Rossiya mustamlakasi boʻlgan millatlar orasida boshlangan madaniy va maʼrifiy tiklanish jadidchilik harakati nomi ostida maydonga chiqdi. Turkiston jadidlari fuqarolarni qoloqlik va xurofotdan ozod qilish, shariatni isloh qilish, millatga maʼrifat urugʻini yoyish va muxtoriyatga erishish gʻoyasini olgʻa surdilar. Ushbu maqolada yuqorida qayd etilgan gʻoyalar haqida soʻz boradi.