Abstract
Mantiqiy miqyosdagi gradatsiya deganda ikki yoʼnalish: oʼsish va kamayishda amalga oshiriladigan belgi oʼzgarishlarini qayd qilish va mazkur jarayon natijalarini qayd qilish jarayonlari tushuniladi. Belgi oʼzgarishi real hayotda sodir boʼladigan jarayon sifatida uzluksizlik bilan xarakterlanadi. Inson idrok etish jarayonida oʼzgarishlarning alohida bosqichlarini qayd qilish, ularni gradatsiyalashtirish imkoniyatiga ega.