Abstract
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Har qanday davlatda iqtisodiy ko‘rsatkichlar tabiiy resurslar bilan ta’minlanganlik va resurslarni barqaror boshqarish imkoniyatlari bilan baholanadi. Tabiiy resurslarning mavjud emasligi yoki ular sifatining pastligi boshqa turdagi resurslar sarfining ortishiga olib keladi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida resurslardan samarali va kompleks ravishda foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muammolarni bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.