Abstract
Mazkur maqolada O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik bazasining yaratilishi va sohaga oid muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar tahlil etiladi.Xususan, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yon'altirilgan tizimli choralar ko'rildi. Shuningdek, maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi so'nggi yillarda qabul qilingan normativ hujjatlar mazmuni haqida ham ma'lumotlar berilib, jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari bo'yicha ayrim takliflar ham sanab o'tilgan.