Abstract
Milliy sug’urta bozorida raqobatni rivojlantirishda sug‘urta operatsiyalarining amalga oshirilish tartibi juda muhim hisoblanadi. Sug’urta operatsiyalari deganda sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta bozori uchun sifatli sug’urta mahsulotlarini ishlab chiqish, tomonlar o’rtasida sug’urta shartnomasi tuzilgandan tortib to uning bajarilishi, sug’urta hodisasi sodir bo’lganda esa hodisaning mutaxassislar tomonidan o’rganilishi, baholanishi, sug’urtalanuvchining da’volari ko’rib chiqilishi va uning sug’urtalovchi tomonidan tartibga solinishi tushuniladi.