MAKTABDA MATEMATIKA FANINI O’RGATISHNING MUHIM MASALALARI
Pdf
SERTIFIKAT

Keywords

Kompetentsiyalar, Inson tafakkuri, ko’rgazmali qurollar, matematik bilim, jadvallar, mantiqiy fikrlash.

Abstract

Мatematika fani  -  abstrakt fan. Uning mazmuni boshidan oxirigacha inson tasavvurining va mantiqiy tafakkurining mahsulidan iborat. Fanning bunday abstrakt tuzilishi, o’zini-o’zi boyitib borishi, ya’ni yangidan-yangi matematik tushunchalar va ularning xossalarini ma’lum xossalardan hosil qila olish imkoniyati qadimdan insonning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qilib kelgan. Xatto matematik masalalarni yechish musobaqalari o’tmishda inson aqlini peshlash vositasi bo’lgan. Shundan  kelib chiqadigan bo’lsak, matematika fanining eng asosiy vazifasi aynan o’quvchilarni o’ylashga, to’g’ri,  mantiqiy fikrlashga va mushohada yuritishga o’rgatishdan iborat ekanligi oydinlashadi. Hech qaysi fan matematika fanichalik o’quvchilarni o’ylashga va  fikrlashga majbur qila olmaydi. Matematika darslarida turli tuman masala, muammo va jumboqlarni yechish orqali o’quvchilar to’g’ri fikr yuritish, mantiqiy fikrlashni o’rganadilar.

Pdf
SERTIFIKAT