Abstract
Jahonda ro‘y berayotgan globallashuv jarayoni dunyo mamlakatlari ijtimoiy-maʼnaviy hayotida milliy xilma-xillik, kam sonli millatlar, diasporalar bilan bog‘liq masalalarni dolzarb ahamiyatga molik masalalar qatorida kun tartibiga qo‘ymoqda. Hozirgi davrga kelib migratsiya jarayonlarining dunyo miqyosida keng tus olishi turli davlatlarda kam sonli bo‘lmish milliy ozchilik guruhlar bilan bog‘liq muammolarni ham o‘rtaga tashlamoqda. Ushbu muammolar dunyoning turli hududlarida u yoki bu darajada namoyon bo‘lib, maʼlum konfessional, etnik, irqiy, hududiy va boshqa xildagi qarama-qarshilik, ziddiyat va to‘qnashuvlarning kelib chiqishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bu borada BMTning kam sonli millatlar bo‘yicha Oliy Komissarligi (VKMM) xalqaro miqyosdagi faoliyatini yuqorida qayd etilgan ziddiyatlarni aniqlash va oldini olishga, muammolar yechimiga o‘z eʼtiborini qaratib kelmoqda.