MASOFAVIY TA`LIM VA UNING O`ZBEK TILIDA ISH YURITISHNI O`RGATISHGA TA`SIRI
Keywords:
masofaviy ta’lim, o‘zbek tili, davlat tilida ish yuritish, elektron hujjat, raqamli ta’lim, rasmiy uslub, hujjatchilik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariAbstract
Mazkur maqolada masofaviy ta’limning mazmuni, uning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda o‘zbek tilida ish yuritishni o‘rgatish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishda elektron ta’lim platformalari, videodarslar, raqamli hujjatlar va interaktiv topshiriqlardan foydalanish imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, rasmiy hujjatlarni tuzish, ularning zaruriy qismlarini to‘g‘ri joylashtirish, imlo va uslub me’yorlariga rioya qilishni masofaviy shaklda o‘rgatish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada masofaviy ta’limning afzalliklari bilan bir qatorda internet sifati, texnik imkoniyatlar, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish va bilimlarni baholash bilan bog‘liq muammolar ham tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlar va O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida tegishli metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
References
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 15–16-moddalar. https://lex.uz/uz/docs/-5013007
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 559-son “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. https://lex.uz/uz/acts/-6221502
Mahmudov N., Rafiyev A., Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish: akademik litseylar uchun darslik. 3-nashr. – Toshkent: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008. – 128 b.
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Y. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020. – 528 b.
Bates A. W. Teaching in a Digital Age: Guidelines for Designing Teaching and Learning. 3rd ed. – Tony Bates Associates Ltd., 2022. https://pressbooks.bccampus.ca/teachinginadigitalagev3m/
UNESCO. Global Education Monitoring Report 2023: Technology in Education: A Tool on Whose Terms? – Paris: UNESCO, 2023. https://www.unesco.org/gem-report/en/publication/technology





