VALYUTA SIYOSATINING SHAKLLARI VA MARKAZIY BANK VALYUTA SIYOSATINING ASOSIY VOSITALARINI TAHLIL QILISH
Keywords:
valyuta siyosati, Markaziy bank, valyuta kursi, valyuta intervensiyasi, valyuta bozori, xalqaro valyuta zaxiralari, valyutaviy tartibga solish, makroiqtisodiy barqarorlikAbstract
Valyuta siyosati mamlakatning makroiqtisodiy barqarorligini ta’minlash, milliy valyuta kursini tartibga solish hamda tashqi iqtisodiy muvozanatni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotning maqsadi valyuta siyosatining asosiy shakllarini o‘rganish va Markaziy bank tomonidan qo‘llaniladigan valyutaviy tartibga solish vositalarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, qiyosiy taqqoslash, ilmiy umumlashtirish hamda iqtisodiy-mantiqiy tahlil usullaridan foydalanildi. Tahlillar natijasida valyuta siyosatining intervensiya, valyuta cheklovlari, valyuta kursini tartibga solish va xalqaro valyuta zaxiralarini boshqarish kabi shakllari o‘rganildi. Shuningdek, Markaziy bankning valyuta intervensiyalari, valyuta operatsiyalarini tartibga solish, valyuta zaxiralarini boshqarish va valyuta bozoriga ta’sir ko‘rsatish mexanizmlarining milliy valyuta barqarorligidagi o‘rni ochib berildi. Tadqiqot yakunida valyuta siyosati vositalaridan muvofiqlashtirilgan va samarali foydalanish iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, inflyatsion bosimni cheklash hamda milliy valyutaga bo‘lgan ishonchni oshirishning muhim sharti ekanligi asoslandi.
References
Jumayev, N. X. (2007). O‘zbekistonda valyuta munosabatlarini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish. Fan va texnologiya.
Jumayev, N. X., Ziyayev, M. K., Berdiyarov, B. T., Xoshimov, E. A., & Mirzayev, F. I. (2011). O‘zbekistonda milliy valyuta tizimini rivojlantirish: Muammolar va yechimlar. Moliya.
Bobakulov, T. I. (2007). Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash: Muammolar va yechimlar. Fan va texnologiya.
Xoshimov, E. A. (2010). O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish: Muammolar va yechimlar. Akademnashr.
Jumaev, N. X. (2007). Вопросы валютного регулирования и валютного контроля в условиях либерализации экономики Узбекистана. Экономика и финансы, (4), 69.
Xoshimov, E. A. (2015). Jahon valyuta bozoridagi operatsiyalarning tarkibi va rivojlanish xususiyatlari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (4).
Bekmurodov, A. Sh., & Jumaev, N. X. (2019). Valyuta siyosatini erkinlashtirish sharoitida to‘lov balansini tartibga solishning konseptual jihatlari. UzBridge, (1), 67–70.
Xoshimov, E. A. (2020). Valyuta siyosatining eksportni rivojlantirishdagi rag‘batlantiruvchi rolini oshirish yo‘llari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, (4), 409–416.





