GIPS VA QISHLOQ XO‘JALIGI CHIQINDILARI ASOSIDAGI KOMPOZITSION LIST TARKIBINI ISHLAB CHIQISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
gips bog‘lovchisi, sholi poyasi, kompozitsion list, qatlamli material, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, mexanik presslash, tabiiy tolalar, qatlamlararo bog‘lanish, fizik-mexanik xususiyatlar, zichlik, egilishdagi mustahkamlik, resurs tejamkorlikAbstract
Mazkur maqolada gips bog‘lovchisi va qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan biri bo‘lgan sholi poyasi asosida qatlamli kompozitsion list tarkibini ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bugungi kunda qurilish materiallari ishlab chiqarishda mahalliy xomashyolardan samarali foydalanish, tabiiy resurslarni tejash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qayta ishlash orqali ularning amaliy qiymatini oshirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, gips bog‘lovchisi va sholi poyasi asosida yangi turdagi qatlamli kompozitsion material yaratish istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi gipsning bog‘lovchilik xususiyatlarini sholi poyasining tabiiy tolali tuzilishi bilan uyg‘unlashtirish orqali kompozitsion list tarkibini ishlab chiqish va uni mexanik usulda tayyorlash jarayonini o‘rganishdan iborat. Taklif etilayotgan kompozitsion list konstruksiyasi uchta asosiy qatlamdan tashkil topadi: yuqori tashqi qatlam sholi poyasidan, o‘rta qatlam gipsli bog‘lovchidan, quyi tashqi qatlam esa sholi poyasidan shakllantiriladi. Maqolada gips bog‘lovchisining qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi xususiyatlari, sholi poyasining tabiiy tolali xomashyo sifatidagi imkoniyatlari hamda ushbu komponentlarni yagona materialga birlashtirishning texnologik jihatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sholi poyasini begona aralashmalardan tozalash, saralash, tayyorlash, qatlamlarni qolipda ketma-ket joylashtirish, gipsli qorishmani bir tekis taqsimlash, mexanik presslash, qotirish va quritish kabi texnologik bosqichlar yoritiladi. Kompozitsion listning sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida tashqi qatlamlarning qalinligi, gipsli o‘zakning bir tekis shakllanishi, xomashyoning namligi, presslash bosimi va davomiyligi hamda qatlamlararo bog‘lanish darajasi ko‘rib chiqiladi. Tayyor materialning xususiyatlarini baholashda zichlik, egilishdagi mustahkamlik, qatlamlarning ajralishga qarshiligi, namlik ta’siridagi o‘zgarishlar va issiqlik o‘tkazuvchanligi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlash muhimligi asoslanadi. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, sholi poyasidan tashqi qatlam sifatida foydalanish qishloq xo‘jaligi chiqindilarini qurilish materiallari ishlab chiqarishga jalb etish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin. Shu bilan birga, ishlab chiqiladigan kompozitsion listning fizik-mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarini aniqlash, optimal tarkibni tanlash hamda ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish uchun tajribaviy sinovlarni amalga oshirish zarurligi ta’kilanadi. Mazkur yo‘nalish mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, resurs tejamkor qurilish materiallarini yaratish va qurilish sanoatida muqobil kompozitsion materiallarni qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishga xizmat qiladi.
References
ГОСТ 32614-2012. Плиты гипсовые строительные. Технические условия. Москва: Стандартинформ, 2014.
Рахимов, Р.З. Строительные и минеральные вяжущие: прошлое, настоящее и будущее / Р.З. Рахимов, Н.Р. Рахимова // Строительные материалы. – 2013. – № 5.
Tichi A.H., Khatiri A. Characterization of an eco-friendly gypsum composite board using agricultural fibers (rice straw) // BioResources. – 2024. – Vol. 19, No. 3. – P. 6724–6746.
Boydadayev M.B., Munavvarxonov Z.T., Madraximov A.M., Imomnazarov S.K. O‘zbekistonda mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosidagi gips saqlovchi materiallar // Universum: texnik fanlar. 2021. №3-2 (84).
Волженский, А.В. О перспективах производства и применения гипсовых материалов в строительстве / А.В. Волженский // Строительные материалы. – 1985. – № 10. – С.17 – 18.
И.О. Копаница Сухие строительные смеси с армирующими добавками для штукатурных, работ/ Сухие строительные смеси, 2007. - № 1.
Rohani A. B., Production of High Purity Amorphous Silica from Rice Husk / RosiyahYahya, Seng NeonGan, // Procedia Chemistry, Vol-19 (2016), Pg. 189 – 195.





