KO’CHA NOMLARI VA LAVHALARDAGI (TASHQI YOZUVLAR) TIL MADANIYATI
Keywords:
til madaniyati, tashqi yozuvlar, ko‘cha nomlari, davlat tili, peshlavha, imlo qoidalari, reklama tili, savodxonlik, geografik nomlar, adabiy til, yozma nutq, til me’yorlariAbstract
Ushbu maqolada ko‘cha nomlari va tashqi yozuvlarda til madaniyatiga rioya qilish masalasi yoritilgan. Ko‘cha nomlari, do‘kon peshlavhalari, reklama bannerlari, e’lonlar va boshqa ko‘rgazmali yozuvlarning kundalik hayotdagi ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, tashqi yozuvlarda davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish, imlo qoidalariga amal qilish va ma’lumotlarni tushunarli shaklda ifodalash masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Davlat tili haqida”gi Qonun hamda “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonun asosida mavzuning huquqiy jihatlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, yozuvlarda uchrashi mumkin bo‘lgan imlo xatolari, xorijiy so‘zlardan foydalanish va yozuvlarning o‘qilish qulayligi bilan bog‘liq masalalar tahlil qilingan. Maqolaning asosiy maqsadi tashqi yozuvlarda til madaniyatining o‘rnini tushuntirish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar berishdan iborat. Tadqiqot yakunida yozuvlarni chop etishdan oldin tekshirish, ko‘cha nomlarining rasmiy shaklini saqlash va davlat tilidagi ma’lumotlarning tushunarli bo‘lishiga e’tibor berish zarurligi ta’kidlangan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel kuni referendum orqali qabul qilingan yangi tahrir. 4-modda
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni. 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan, 1995-yil 21-dekabrda yangi tahriri tasdiqlangan. 20-modda
O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni. 2011-yil 12-oktabr, O‘RQ-303-son. 3- va 4-moddalar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori. 1995-yil 24-avgust, 339-son. "Rasmiy manba.
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonuni. 1993-yil 2-sentabr, 931-XII-son.





